Taʼlim boshqarmalari va hokimliklar uchun

Hududdagi maktablarda xavfsizlik va aloqa bitta tizimda

EduGuard maktab, oʻqituvchi va ota-onani bogʻlaydi: favqulodda holatda oʻquvchilar tez sanab chiqiladi, ota-onalar xabarni darhol oladi. Bir yoki bir nechta maktabdagi pilotdan boshlash mumkin.

  • Bola va ota-ona roziligi bilan
  • Maʼlumot sotilmaydi
  • Pilot bitta maktabdan
Oʻqituvchi ilovasi: sinf tahlili

Imkoniyatlar

Har bir maktabda nima oʻzgaradi

Maktab oʻz panelida ishlaydi, ota-onalar va oʻqituvchilar esa oʻz ilovasida. Quyidagilarning hammasi ilovada hozir mavjud.

  • Favqulodda holat rejimi

    Zilzila, yongʻin yoki mashq paytida oʻqituvchilar har bir oʻquvchini roʻyxatda belgilaydi. Ota-onaga farzandi xavfsiz ekani haqida xabar boradi.

  • Maktabga yetib kelgani

    Ota-ona farzandi maktabga yetib kelganini bilib turadi. Bu bola joylashuvni ulashishga rozi boʻlsa ishlaydi.

  • Davomat va baholar

    Oʻqituvchi davomat va bahoni telefonda kiritadi, ota-ona ularni darhol koʻradi.

  • Xavotir qutisi

    Oʻquvchi ismini koʻrsatmasdan yozishi mumkin. Murojaatni faqat direktor va maktab psixologi oʻqiydi.

  • Uy vazifasi yuklamasi

    Direktor sinflar boʻyicha haftalik vazifa yuklamasini koʻradi. Bu ortiqcha yuklamani vaqtida payqashga yordam beradi.

  • Hisobotlar

    Baho va davomat boʻyicha hisobotlar PDF, Excel yoki CSV koʻrinishida olinadi.

  • Hudud monitoringi

    Boshqarma uchun alohida panel: maktablar va tumanlar boʻyicha davomat, oʻrtacha baho, SOS va mashqlar soni, ota-onaga javob vaqti. Faqat yigʻma, anonim raqamlar; Excel yoki CSV.

  • Ikki marta kiritish yoʻq

    Maktab eMaktabʼdan yuklab olingan baho, davomat va jadval faylini yuklaydi — oʻqituvchi vaqti qayta kiritishga ketmaydi.

Maʼlumot himoyasi

Bolalar maʼlumoti alohida ehtiyotkorlik bilan

Kim qaysi maʼlumotni koʻrishi, maʼlumot qayerda va qancha saqlanishi maxfiylik siyosatida ochiq yozilgan.

  • Bola va ota-ona roziligi

    Joylashuv, ekran vaqti va SOS kamerasi faqat oʻquvchi oʻzi yoqsa ishlaydi. Ota-ona har bir maʼlumot turiga alohida rozilik beradi va uni qaytarib oladi.

  • Rollar boʻyicha kirish

    Har bir foydalanuvchi faqat oʻziga ruxsat berilgan maʼlumotni koʻradi. Joylashuvni direktor koʻrmaydi.

  • Reklama yoʻq

    Maʼlumotlar hech kimga sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

  • Shifrlangan ulanish

    Barcha ulanishlar shifrlangan, muntazam xavfsizlik tekshiruvlari oʻtkaziladi.

Pilot loyiha

Pilot qanday oʻtadi

Kichikdan boshlaymiz: avval bir yoki bir nechta maktab, natijaga qarab keyingi qadam.

  1. 01

    Uchrashuv

    Hudud ehtiyojlarini muhokama qilamiz va pilot uchun maktablarni tanlaymiz.

  2. 02

    Tayyorgarlik

    Maktablar roʻyxatlarni yuklaydi, oʻqituvchilar va ota-onalar kartalar orqali ulanadi.

  3. 03

    Sinov

    Davomat, xabarlar va favqulodda holat mashqi haqiqiy sharoitda sinab koʻriladi.

  4. 04

    Natija

    Ota-onalar, oʻqituvchilar va maktab rahbariyati fikri asosida natijani birga koʻrib chiqamiz.

Kim toʻlaydi

Ota-onalar uchun premiumni maktab, hokimlik yoki homiy toʻlashi mumkin. Pilot shartlari alohida kelishiladi.

SOS hech qachon yopilmaydi

Obuna tugasa ham, SOS signali va joylashuv ishlashda davom etadi.

Savollar

Boshqarma va hokimliklar soʻraydigan savollar

Javob topilmasa, Telegramʼda yozing. Odam javob beradi.

Bir nechta maktabni bitta joydan koʻrish mumkinmi?

Ha. Boshqarma xodimi uchun alohida «Hudud monitoringi» paneli ochiladi: viloyat yoki tuman maktablarining yigʻma koʻrsatkichlari — EduGuardʼdan foydalanayotgan oʻquvchi, ota-ona va oʻqituvchilar soni, davomat, oʻrtacha baho va uning oʻzgarishi, uy vazifasi yuklamasi, SOS va mashqlar soni, ota-onaga javob vaqti, AI yordamchidan foydalanish. Maktablar va tumanlar solishtiriladi, haftalik va oylik dinamika koʻrinadi.

Hisobot Excel yoki CSV faylga yuklab olinadi. Kirish — login, parol va Telegram kodi bilan; har kirish va yuklab olish jurnalga yoziladi.

Boshqarma bolalarning shaxsiy maʼlumotini koʻradimi?

Yoʻq. Panelda faqat yigʻma, anonim raqamlar: ism, baho, joylashuv yoki SOS tafsiloti koʻrinmaydi. 10 tadan kam oʻquvchili maktab raqamlari koʻrsatilmaydi va jamiga kirmaydi, kunlik davomat va baho esa oʻsha kuni kamida 10 oʻquvchi yozuvi boʻlsagina hisobga olinadi.

Davlat axborot tizimlari bilan bogʻlanadimi?

Hozircha EduGuard davlat axborot tizimlariga ulanmagan. Maktab eMaktabʼdan yuklab olgan Excel faylni panelga yuklashi mumkin — baho, davomat va dars jadvali qayta kiritilmaydi. Boshqa integratsiyalar pilotdan oldin alohida muhokama qilinadi.

Bolaning roziligi qanday taʼminlanadi?

Joylashuv, ekran vaqti va SOS kamerasi oʻquvchining oʻz ilovasidagi tugmalar bilan yoqiladi. Ularni ota-ona ham, maktab ham, biz ham masofadan yoqa olmaymiz.

Bundan tashqari, ota-ona farzandini ulashda har bir maʼlumot turiga — joylashuv, ekran vaqti, SOS surati, sogʻliq — alohida rozilik beradi va istalgan payt qaytarib oladi. Rozilik qachon va qanday berilgani saqlanadi.

Maʼlumotlar qayerda saqlanadi?

Maʼlumotlar bazasi Google Firebase serverlarida, Yevropada: Belgiya va Niderlandiyada. Kirish va telefon raqami AQShda saqlanadi. Barcha ulanishlar shifrlangan. Batafsil: maxfiylik siyosati.

Xizmat toʻxtab qolsa nima boʻladi?

Xizmatlar har 5 daqiqada avtomatik tekshiriladi va holati ochiq sahifada koʻrinadi. Maktablar bilan shartnomaga xizmat darajasi kelishuvi (SLA) ilova qilinadi: oylik ishlash maqsadi 99,5 %, kritik muammoga (masalan, SOS yetib bormasa) 30 daqiqada javob, kecha-kunduz.

EduGuard favqulodda xizmatlar oʻrnini bosmaydi: xavf boʻlsa, darhol 112 ga qoʻngʻiroq qiling.

Nimalar hamma uchun bepul?

SOS signali va joylashuv, kundalik, baholar, dars jadvali, davomat va reyting hamma uchun doim bepul. Obuna SOSʼda surat va ovozni, doimiy jonli joylashuvni, harakat xabarlarini va AI haftalik tahlilni ochadi.

Pilot haqida gaplashamiz.

Hududingiz uchun taqdimot tayyorlaymiz va savollaringizga javob beramiz.

Telegramʼda yozish
Telegram va telefon+998 95 624 77 88