Ota-onalar uchun

Farzandingiz qayerda va qanday oʻqiyapti — bitta ilovada

Maktabga yetib keldimi, hozir qayerda, bugun qanday baho oldi — EduGuard bu xabarlarni telefoningizga va Telegramʼga oʻzi yuboradi. Joylashuv faqat farzandingiz roziligi bilan koʻrinadi.

  • Baho va davomat doim bepul
  • 3 kun bepul sinov
  • SOS signali doim bepul
  • Reklama yoʻq
Ota-ona bosh sahifasi: farzand profili, telefon quvvati, ilovalar va joylashuv xaritasi

Imkoniyatlar

Bilishingiz kerak boʻlgan narsa oʻz vaqtida keladi

Ilovani har daqiqa ochib turish shart emas. Muhim voqea boʻlsa, xabar oʻzi keladi.

  • Jonli joylashuv

    Farzandingiz qayerda ekani xaritada koʻrinadi, agar u ruxsat bergan boʻlsa.

  • Xavfsiz hududlar

    Uy, maktab, toʻgarak. Hududga kirsa yoki chiqsa, xabar keladi.

  • SOS

    Farzandingiz bitta tugmani bosadi: signal va joylashuv sizga ilovada va Telegramʼda keladi.

  • Baholar va davomat

    Yangi baho va darsga kelgani oʻqituvchi kiritishi bilan sizda boʻladi. Dars jadvali va uy vazifasi ham shu yerda.

  • Oʻqituvchi bilan aloqa

    Sinf rahbariga ilovada yozasiz va maktab eʼlonlarini shu yerda oʻqiysiz.

  • Ekran vaqti

    Qaysi ilovada qancha vaqt oʻtgani koʻrinadi, kerak boʻlsa ilovani vaqtincha cheklaysiz. Bu ham bola ruxsati bilan.

  • Bepul reyting

    Farzandingiz sinf, parallel va maktabda nechanchi oʻrinda ekani — haftalik va chorak boʻyicha. Boshqa bolalarning ismi koʻrinmaydi, faqat taxallus.

  • Telegram ichida

    Bugungi holat, baholar va dars jadvali Telegramʼning oʻzida: @Edu_GuardBot ga «/app» deb yozing.

Maktabingiz bilan

Bu boʻlimlar maktabingiz ulardan foydalansa, ilovada paydo boʻladi.

  • Ovqat va allergiya

    Bugun tushlikda nima borligi bosh sahifada koʻrinadi. Farzandingiz allergiyasini belgilasangiz, menyuda shu allergen boʻlganda ilova ogohlantiradi. Uni maktab rahbariyati va oshxonasi koʻradi.

  • Maktab soʻrovlari va toʻgaraklar

    Ruxsatnoma, soʻrovnoma yoki majlisga taklif kelsa, har farzand uchun bir bosishda javob berasiz. Toʻgarakka ham shu yerdan yozilasiz: boʻsh joylar soni koʻrinadi.

  • Maktabga toʻlovlar

    Oʻqish puli olinadigan maktabda «Toʻlovlar» boʻlimida hisob, qarz, kvitansiya va shartnoma turadi. Muddat yaqinlashsa eslatma keladi. Qanday toʻlashni maktab oʻzi yozib qoʻyadi.

Yangi qurilma

Tez orada

Telefoni yoʻq bolalar uchun GPS-soat

Farzandingiz telefon ishlatmaydimi? SIM-kartali GPS-soat — SOS tugmasi, joylashuv va xavfsiz hududlar ota-ona ilovasida.

Koʻk va pushti bolalar GPS-soati: ekranida xarita va joylashuv belgisi, yonida qizil SOS tugmasi Maktabga ketayotgan bola qoʻlidagi koʻk GPS-soat
  • Koʻk
  • Pushti
Oldindan yozilish

Yoki ota-ona ilovasida «Qiziqaman» tugmasini bosing — soat chiqqanda birinchilardan boʻlib xabar beramiz.

Narx va sotuvga chiqish sanasi keyinroq eʼlon qilinadi. Rasmlar namuna sifatida berilgan — sotuvdagi soat koʻrinishi farq qilishi mumkin.

  • SOS tugmasi

    Bola soat yonidagi tugmani bosadi — telefoningizda ilovadagi SOS kabi baland signal chalinadi, Telegramʼga ham xabar keladi.

  • Joylashuv ilovada

    Farzandingiz qayerdaligini ota-ona ilovasida, telefondagi kabi oʻsha xaritada koʻrasiz.

  • Xavfsiz hududlar

    Uy, maktab, toʻgarak: farzandingiz yetib kelsa yoki chiqib ketsa, xabar keladi.

  • Ota-onaga qoʻngʻiroq

    Bola soatdan sizga qoʻngʻiroq qila oladi.

  • Telefonsiz ishlaydi

    Soatning oʻz SIM-kartasi bor — bolaga telefon kerak emas.

  • Ilovada ulanadi

    Soatni ota-ona ilovasida farzandingizga bogʻlaysiz.

Rozilik

Yashirin kuzatuv emas — farzandingiz bilan kelishilgan xavfsizlik

Nimani koʻrsatishni bola oʻz ilovasida tanlaydi va istalgan payt oʻzgartiradi. Unga kimlar ulanganini ham u koʻrib turadi.

  • Qaror — farzandingizda

    Joylashuv, ekran vaqti va SOS kamerasini faqat oʻquvchi yoqadi. Istalgan payt oʻzgartiradi.

  • Kamera faqat SOSʼda

    Kamera va mikrofon boshqa paytda ishlamaydi. Ota-ona ularni masofadan yoqa olmaydi.

  • Sizning roziligingiz

    Ulashda qaysi maʼlumotga rozilik berishni tanlaysiz. Sozlamalar → «Ota-ona roziligi»da oʻzgartirasiz yoki qaytarib olasiz. SOS signali baribir keladi.

  • Istalgan payt oʻchiriladi

    Hisobni ilovaning oʻzida oʻchirasiz: Sozlamalar → «Hisobni oʻchirish». Farzandingiz akkaunti — sizning tasdigʻingiz bilan.

Ulanish

Farzandingizga qanday ulanasiz

Har bir ulanish tasdiqlanadi: kod bir martalik, soʻrovni esa sinf rahbari koʻrib chiqadi.

  1. 01

    Ilovani oʻrnating

    «Ota-ona» rolini tanlang va oʻz ismingiz hamda telefon raqamingiz bilan roʻyxatdan oʻting.

  2. 02

    QR yoki karta kodi

    Farzandingiz ilovasidagi QR kodni skanerlang yoki maktab bergan kartadagi kodni kiriting. Kod bir marta ishlaydi.

  3. 03

    Yoki soʻrov yuboring

    QR ham, karta ham boʻlmasa, ilovadan soʻrov yuborasiz. Uni sinf rahbari koʻrib chiqadi.

  4. 04

    Sozlang

    Xavfsiz hududlarni belgilang va Telegramʼni ulang. Ikkinchi ota-onani ham taklif qilishingiz mumkin.

Savollar

Ota-onalar koʻp soʻraydigan savollar

Javob topilmasa, Telegramʼda yozing. Odam javob beradi.

Farzandim unga kim ulanganini koʻradimi?

Ha. Oʻquvchi ilovasida unga kimlar ulangani koʻrinadi va u ulanishni uzishi mumkin.

Ikkinchi ota-ona ham ulana oladimi?

Ha. Sozlamalarda ikkinchi ota-onani taklif qilasiz. Xabarlar ikkalangizga bir vaqtda keladi.

Telefon oʻchsa yoki internet boʻlmasa nima boʻladi?

Joylashuv va SOS internet, GPS va telefon quvvatiga bogʻliq. Telefon oʻchib yonsa, kuzatuv oʻzi qayta ishga tushadi. Maʼlumot qachon yangilangani ilovada doim yoziladi.

EduGuard favqulodda xizmatlar oʻrnini bosmaydi: hayot yoki sogʻliqqa xavf boʻlsa, darhol 112 ga qoʻngʻiroq qiling.

Nimalar bepul, obuna nimani ochadi?

Kundalik, baholar, dars jadvali, davomat, reyting hamda SOS signali va joylashuv doim bepul — baho va davomatni koʻrish uchun pul soʻralmaydi. Obuna SOSʼda surat va ovozni, doimiy jonli joylashuvni, harakat xabarlarini va AI haftalik tahlilni ochadi.

Birinchi farzand uchun 15 000 soʻm/oy, ikkinchisi uchun 10 000 soʻm/oy, uchinchi va toʻrtinchi farzand uchun bepul. Maktab homiylik qilsa, oilalar uchun ancha arzon tushadi. Obuna oʻzidan oʻzi yechilmaydi.

Qanday toʻlayman?

Payme yoki Click orqali: saytdagi toʻlov sahifasida yoki Telegram botda. Maktabingiz EduGuard bilan shartnoma tuzgan boʻlsa, toʻlash shart emas.

Qaysi maʼlumotlarga rozilik beraman?

Farzandingizni ulashda roʻyxatdan tanlaysiz: joylashuv va harakat tarixi, ekran vaqti, SOS surati va ovozi, AI repetitor. Qon guruhi — alohida, ixtiyoriy rozilik. Tanlanmagan maʼlumot yigʻilmaydi va sizga koʻrsatilmaydi.

Hech narsa tanlamasangiz ham baho, davomat va SOS signali ishlaydi. Rozilikni Sozlamalar → «Ota-ona roziligi»da oʻzgartirasiz yoki toʻliq qaytarib olasiz.

Reytingda farzandimning ismi koʻrinadimi?

Yoʻq. Boshqa oʻquvchilar va ota-onalar uni faqat taxallus va hayvon belgisi bilan koʻradi, taxallus har chorakda yangilanadi. Ismni faqat oʻqituvchi va direktor koʻradi. Reyting bepul.

Hisobni qanday oʻchiraman?

Ilovada Sozlamalar → «Hisobni oʻchirish». Farzandingiz oʻz akkauntini oʻchirmoqchi boʻlsa, soʻrov avval sizga keladi: Sozlamalar → «Oʻchirish soʻrovlari»da tasdiqlaysiz yoki rad etasiz. Batafsil: hisobni oʻchirish.

Telegramʼda koʻrsa boʻladimi?

Ha. Ilovada Telegramʼni ulang, soʻng @Edu_GuardBot ga «/app» deb yozing: farzandingizning bugungi holati, baholari va dars jadvali Telegram ichida ochiladi.

Boshlash uchun bitta xabar yetarli.

Ilovani oʻrnatish va ulashda yordam beramiz. Ota-onaga ham, maktabga ham.

Telegramʼda yozish
Tez oradaGoogle PlayTez oradaApp Store
Telegram va telefon+998 95 624 77 88