Maktablar va direktorlar uchun

Maktab, oʻqituvchi va ota-ona bitta tizimda

Davomat, baholar, eʼlonlar va ota-onalar bilan aloqa — telefonda va brauzerda. Favqulodda holatda esa oʻqituvchilar har bir oʻquvchini roʻyxatda belgilab chiqadi.

  • Panel brauzerda ishlaydi
  • Roʻyxat Excelʼdan yuklanadi
  • eMaktab bilan ikki marta kiritish yoʻq
  • Shartnoma bilan ota-onalarga bepul
Oʻqituvchi ilovasi, bosh sahifa: oʻquvchilarim, davomat, bugungi darslar va sinf xaritasi

Direktor uchun

Butun maktab bitta panelda

Maktab paneli brauzerda ochiladi: dastur oʻrnatish shart emas. Direktor butun maktabni, sinf rahbari esa oʻz sinfini koʻradi.

  • Maktab holati

    Sinflar, oʻquvchilar, oʻqituvchilar va qaysi ota-ona ulangani bir joyda.

  • Roʻyxat Excelʼdan

    Oʻquvchilar roʻyxatini Excel faylidan yuklaysiz va sinf rahbarlarini tayinlaysiz. Parol tarqatilmaydi: har kim bir martalik kod bilan kiradi.

  • Ota-ona kartalari

    Har bir oʻquvchi uchun QR kodli karta chop etiladi. Ota-ona kod bilan aynan oʻz farzandiga ulanadi.

  • Eʼlon va xabarlar

    Butun maktabga yoki faqat oʻqituvchilarga eʼlon yuborasiz. Sinf rahbari esa oʻz sinfi ota-onalariga yozadi.

  • Jurnal koʻrinishi

    Sinf, fan va sanalar boʻyicha baho va davomatni koʻrasiz va CSV faylga yuklab olasiz.

  • Uy vazifasi yuklamasi

    Qaysi sinfga qaysi kuni qancha vazifa berilgani haftalik jadvalda koʻrinadi.

  • eMaktabʼdan import

    eMaktabʼdan yuklab olingan baho, davomat va dars jadvali faylini panelga yuklaysiz yoki Telegram botga yuborasiz. Avval koʻrib chiqasiz, keyin saqlaysiz. eMaktab paroli soʻralmaydi.

  • Bepul reyting

    Sinf, parallel va maktab reytingi har kecha hisoblanadi. Direktor va oʻqituvchi ismlar bilan, oʻquvchi va ota-onalar taxallus bilan koʻradi.

Tez orada Sinflar va maktablar oʻrtasida bilim musobaqalari.

Maktab boshqaruvi

Oʻqish puli, xodimlar va oshxona ham shu panelda

Daftar, Excel jadval va qogʻoz arizalar oʻrniga. Direktor panelda boshqaradi, oʻqituvchi va ota-ona ilovada javob beradi.

Moliya

Oʻqish puli va qoʻshimcha xizmatlar

Kim qancha toʻlashi kerakligi va kim qarzdorligi bir qarashda koʻrinadi.

  • Har oʻquvchiga tarif, qoʻshimcha xizmat va chegirma biriktiriladi, oylik hisob oʻzi chiqadi
  • Qarzdorlar roʻyxati: sinf, qarz summasi va necha kun kechikkani
  • Toʻlov panelda kiritiladi yoki bank koʻchirmasidan shartnoma raqami boʻyicha topiladi
  • Buxgalter alohida rol bilan kiradi: baho, chat va joylashuv unga koʻrinmaydi

Chop etiladi

  • Shartnoma
  • Kvitansiya
  • Akt sverka

Kvitansiya fiskal chek emas.

Ota-onaga eslatma

  1. Muddatdan 3 kun oldin
  2. Muddat kuni
  3. Qarz qolsa, har hafta

Ilovada va Telegramʼda, avtomatik.

Panel: direktor, buxgalterOta-ona ilovasida: «Toʻlovlar»

Xodimlar ishi

Topshiriq, ariza, oʻrinbosar

Topshiriq, buyruq va majlis haqidagi xabar oʻqituvchining telefoniga boradi.

  • Oʻqituvchi «Bajarildi» yoki «Tanishdim» deb belgilaydi, kim belgilamagani koʻrinib turadi
  • Taʼtil, kasallik va ruxsat arizalari ilovada yoziladi, direktor panelda yoki ilovada hal qiladi
  • Oʻqituvchi kelmasa, darslariga oʻrinbosar tayinlanadi va unga oldingi kechqurun eslatma boradi

Panel: direktorIlova: oʻqituvchi, direktor

Ovqatlanish

Menyu va allergiyalar

Haftalik menyu panelda tuziladi, har taomda allergenlar belgilanadi.

  • Menyu eʼlon qilinganda ota-onalarga xabar boradi
  • Ota-ona farzandi allergiyasini ilovada belgilaydi: menyuda shu allergen boʻlsa, ogohlantirish chiqadi
  • Oshxona uchun allergiyalar roʻyxati chop etiladi

Panel: direktor, buxgalterIlova: ota-ona, oʻquvchi

Soʻrovlar va toʻgaraklar

Ota-onalar bilan

Ruxsatnoma, soʻrovnoma va majlisga taklif ilovaga boradi. Ota-ona har farzandi uchun alohida javob beradi.

  • Kim javob bermagani sinf boʻyicha koʻrinadi, muddatdan oldin eslatma oʻzi boradi
  • Toʻgarakka ariza ilovadan keladi, direktor tasdiqlaydi; boʻsh joylar soni koʻrinadi
  • Pullik toʻgarak tasdiqlansa, keyingi oydan oylik hisobga oʻzi qoʻshiladi

Panel: direktor, sinf rahbariIlova: ota-ona

Hisobotlar

Chorak, davomat, kontingent

Kundalikdagi baho va davomatdan hisoblanadi: qoʻlda sanash shart emas.

  • Chorak: oʻzlashtirish va sifat foizi, aʼlochi, yaxshi, «3» bilan va qoloq oʻquvchilar
  • Davomat va kontingent: sinflar, oʻquvchilar, ulangan ota-onalar
  • Excel: bitta faylda har sinf alohida varaqda. Chop etish ham mumkin

Direktor: butun maktabSinf rahbari: oʻz sinfi

Oʻqituvchilar uchun

Oʻqituvchining vaqti darsga qolsin

Qogʻoz ishlari kamayadi: davomat, baho va hisobot telefonda bir necha bosishda.

  • Davomat

    Roʻyxatda har oʻquvchi bir bosishda. «Hammasi keldi» uchun bitta tugma.

  • Ovozli jurnal

    «Alisher besh, Bobur kelmadi» deysiz: baho va davomat jadvalga tushadi, saqlashdan oldin tekshirasiz. Qogʻoz jurnal suratidan ham oʻqiydi.

  • Hisobotlar

    Jadval, baholar va davomat PDF yoki Excel faylida.

  • AI yordamchi

    Dars rejasi, test, uy vazifasi va tarqatma material tayyorlaydi. Natijani PDF, Word yoki Excel fayl qilib olasiz. Yakuniy qaror oʻqituvchida.

  • Ota-onalar bilan aloqa

    Eʼlon, sinf chati va video konferensiya.

  • Shaxsiy vaqt

    Ish vaqtingizni belgilaysiz: undan tashqari xabarlar ertalab bitta bildirishnoma boʻlib keladi. Ota-ona haftasiga 2 tagacha shoshilinch xabar yubora oladi.

AI yordamchi imkoniyatlari

Maktab xavfsizligi

Favqulodda holatga oldindan tayyor

Zilzila, yongʻin yoki boshqa xavfda har bir oʻquvchi qayerdaligini tez bilish muhim. Mashq rejimida buni oldindan sinab koʻrasiz.

  • Favqulodda holat

    Zilzila yoki yongʻinda oʻqituvchilar har bir oʻquvchini «Xavfsiz» roʻyxatida belgilaydi, ota-onasiga xabar boradi. Mashq rejimi ham bor.

  • SOS

    Oʻquvchi SOS bosganda signal darhol ota-onasiga yetadi. Sinf rahbari va direktor ham bu xabarni koʻradi.

  • Xavotir qutisi

    Oʻquvchi ismini koʻrsatmasdan yozishi mumkin. Murojaatni faqat direktor va maktab psixologi oʻqiydi.

  • Kim nimani koʻradi

    Har bir rol faqat oʻziga kerakli maʼlumotni koʻradi. Joylashuvni direktor va fan oʻqituvchilari koʻrmaydi.

Ishga tushirish

Maktab qanday ulanadi

Har bir qadamda yordam beramiz: roʻyxatlarni yuklash, kartalarni chop etish va oʻqituvchilarni ulash.

  1. 01

    Tanishuv

    Telegramʼda yozasiz yoki qoʻngʻiroq qilasiz, maktab panelini koʻrsatib beramiz.

  2. 02

    Roʻyxatlar

    Oʻquvchilar roʻyxatini Excelʼdan yuklaysiz, oʻqituvchilarga kirish kodi beriladi.

  3. 03

    Kartalar

    Ota-ona kartalarini chop etib, sinf rahbarlari orqali tarqatasiz.

  4. 04

    Ishga tushdi

    Ota-onalar ulanadi, davomat va baholar ularga oʻz vaqtida yetib boradi.

Maktab uchun narx

Maktab EduGuard bilan shartnoma tuzsa, oʻquvchilarining ota-onalari uchun premium bepul. Narx oʻquvchilar soni va muddatga qarab hisoblanadi: taklifni yozma yuboramiz.

Homiylik

Toʻlovni homiy ham oʻz zimmasiga olishi mumkin: masalan, korxona yoki hokimlik. Maktab homiylik qilsa, ota-onalar uchun ancha arzon tushadi.

SOS hech qachon yopilmaydi

Obuna tugasa ham, SOS signali va joylashuv ishlashda davom etadi.

Savollar

Maktab rahbarlari soʻraydigan savollar

Javob topilmasa, Telegramʼda yozing. Odam javob beradi.

Maktab paneliga qanday kiriladi?

Brauzer orqali, kompyuter yoki telefondan. Direktor va oʻqituvchilar oʻz login va paroli bilan kiradi, dastur oʻrnatish shart emas.

Oʻqituvchi qaysi maʼlumotni koʻradi?

Sinf rahbari oʻz sinfi oʻquvchilarining baho, davomat va SOS xabarlarini koʻradi, joylashuvni esa faqat oʻquvchi ruxsati bilan. Fan oʻqituvchisi faqat oʻzi dars beradigan sinflarning baho va davomatini koʻradi.

Buxgalter nimani koʻradi?

Buxgalter panelga alohida rol bilan kiradi va faqat Moliya hamda Ovqatlanish boʻlimlarini koʻradi. Baholar, chatlar va joylashuv unga koʻrinmaydi. Buxgalterni direktor qoʻshadi va chetlatadi.

Maʼlumotlar qayerda saqlanadi?

Maʼlumotlar bazasi Google Firebase serverlarida, Yevropada: Belgiya va Niderlandiyada. Kirish va telefon raqami AQShda saqlanadi. Maʼlumot sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Batafsil: maxfiylik siyosati.

Ishga tushirishda yordam berasizlarmi?

Ha. Roʻyxatlarni yuklash, kartalarni chop etish va oʻqituvchilarni ulashda yordam beramiz. Ota-onalar savoli boʻlsa, ular ham bizga Telegramʼda yozishi mumkin.

Maktab uchun narx qancha?

Narx oʻquvchilar soni va muddatga bogʻliq, taklifni yozma yuboramiz. Shartnoma boʻlsa, maktab oʻquvchilarining ota-onalari premiumdan bepul foydalanadi. SOS signali, kundalik va davomat esa hamma uchun doim bepul.

Ota-ona oʻqish pulini ilova orqali toʻlaydimi?

Yoʻq. Ota-ona maktabga odatdagidek toʻlaydi: kassa yoki bank orqali. Buxgalter toʻlovni panelda kiritadi yoki bank koʻchirmasidan shartnoma raqami boʻyicha topadi. Ota-ona esa ilovadagi «Toʻlovlar» boʻlimida hisob, qarz, kvitansiya va shartnomani koʻradi.

eMaktabʼdagi maʼlumotni qayta kiritish kerakmi?

Yoʻq. Direktor yoki sinf rahbari eMaktabʼdan yuklab olingan Excel faylni maktab paneliga yuklaydi yoki @Edu_GuardBot Telegram botiga yuboradi: baho, davomat va dars jadvali EduGuardʼga oʻtadi. Saqlashdan oldin koʻrib chiqiladi, Telegramʼda — mini ilovada. eMaktab login va paroli soʻralmaydi. Fayl qayta yuklansa takror yozuv paydo boʻlmaydi, oʻqituvchi EduGuardʼda qoʻygan yozuvga tegilmaydi.

Oʻtgan kunlar uchun ota-onalarga xabar yuborilmaydi.

Faylni Telegram orqali yuborish uchun Telegram EduGuard ilovasida ulangan boʻlishi kerak.

Reyting oʻquvchilar maxfiyligini buzmaydimi?

Yoʻq. Oʻquvchi va ota-ona boshqalarni faqat taxallus bilan koʻradi, ismlarni faqat oʻqituvchi va direktor koʻradi. Reytingga kirish uchun kamida bir necha baho kerak — bitta «5» bilan birinchi oʻringa chiqib boʻlmaydi. Reyting bepul.

AI yordamchi qanday hujjat tayyorlaydi?

Dars rejasi, test (javoblar kaliti bilan), uy vazifasi, nazorat ishi va tarqatma material. Natijani PDF, Word yoki Excel fayl yoki rasm qilib olasiz — fayl telefonda yaratiladi. Hujjatni oʻqituvchi tekshiradi va tahrirlaydi.

Xizmat toʻxtab qolsa nima boʻladi?

Xizmatlar har 5 daqiqada avtomatik tekshiriladi va holati ochiq sahifada koʻrinadi. Maktablar bilan shartnomaga xizmat darajasi kelishuvi (SLA) ilova qilinadi: oylik ishlash maqsadi 99,5 %, kritik muammoga (masalan, SOS yetib bormasa) 30 daqiqada javob, kecha-kunduz.

EduGuard favqulodda xizmatlar oʻrnini bosmaydi: xavf boʻlsa, darhol 112 ga qoʻngʻiroq qiling.

Maktabingiz uchun koʻrsatib beramiz.

Panelni namoyish qilamiz va savollaringizga javob beramiz. Telegramʼda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling.

Demo soʻrash
Telegram va telefon+998 95 624 77 88