Maxfiylik

Akkaunt va maʼlumotlarni oʻchirish

EduGuard akkauntingizni va unga bogʻliq maʼlumotlarni istalgan vaqtda ilovaning oʻzida oʻchirishingiz yoki bizga yozib oʻchirishni soʻrashingiz mumkin.

Oxirgi yangilanish: 22-oktabr, 2026

Ilovada oʻchirish

  1. Ilovani oching va Sozlamalar → «Hisobni oʻchirish» boʻlimiga kiring.
  2. Nima oʻchishi va nima nomsiz qolishini oʻqing, parolingizni qayta kiriting va tasdiqlash soʻzini yozing.
  3. Oʻchirish darhol boshlanadi va odatda bir necha daqiqada tugaydi. Ilovani yopsangiz ham, server uni oxiriga yetkazadi. Soʻng ilova telefondagi maʼlumotlarni tozalaydi va akkauntdan chiqadi.

Oʻquvchi akkaunti

Oʻquvchiga ota-onasi ulangan boʻlsa, soʻrov avval ota-onaga boradi (ilovada va Telegram orqali). Ota-ona Sozlamalar → «Oʻchirish soʻrovlari» boʻlimida tasdiqlasa — akkaunt darhol oʻchiriladi, rad etsa — qoladi. 7 kun ichida javob boʻlmasa, akkaunt avtomatik oʻchiriladi. Shu muddatda oʻquvchi soʻrovni oʻzi bekor qila oladi.

Ilovaga kira olmasangiz

  1. Bizga yozing. Xabarda F.I.O., rolingiz (ota-ona, oʻquvchi yoki oʻqituvchi), maktab va login yoki telefon raqamingizni yozing. Akkaunt sizniki ekanini tekshirib, 30 kun ichida oʻchiramiz va natijasini sizga xabar qilamiz.
  2. Maktabingiz orqali. Akkauntni maktab yaratgan boʻlsa, maktab maʼmuriyatiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron pochtaeduguarduzteam@gmail.com
  • Telegram va telefon+998 95 624 77 88
  • Ilovada«Biz bilan aloqa» boʻlimi

Nima oʻchiriladi

  • Profil, rasm va kirish maʼlumotlari.
  • Joylashuv tarixi, SOS signallari va dalillari (suratlar, ovoz).
  • Shaxsiy suhbatlar va «Biz bilan aloqa» yozishmalari.
  • Uy vazifasi topshiruvlari, xulq, yulduzcha va test javoblari.
  • Ota-ona va farzand bogʻlanishlari, qurilma (bildirishnoma) va Telegram ulanishi.
  • Ota-ona roziligi yozuvlari (akkaunt oʻchirilganda rozilik dalili ham oʻchiriladi).
  • AI yordamchi izlari.

Nima nomsiz qoladi

  • Baho va davomat — maktab statistikasi uchun: ism, ID va oʻqituvchi izohi olib tashlanadi.
  • Guruh suhbatlaridagi xabarlar — muallif «Oʻchirilgan foydalanuvchi» boʻladi.
  • Oʻqituvchi qoʻygan baho, davomat, xulq yozuvlari va eʼlonlar — maktabda qoladi, muallifsiz.
  • Anonim murojaatlar matni — muallifiga bogʻlanmagan holda.
  • AI javobi haqidagi shikoyatlar — sababi qoladi, izoh va IDsiz.
  • Qonunchilik talab qiladigan toʻlov hujjatlari (buxgalteriya hisobi uchun) — ism va IDsiz.
  • Shaxsga bogʻlanmagan umumiy statistika.

Telegramʼga allaqachon yuborilgan xabarlar (masalan, SOS surati) qabul qilgan odamning Telegramʼida qoladi — ularni biz oʻchira olmaymiz.

Maktabning yagona direktori akkauntini ilovada oʻchira olmaydi: avval boshqa direktor tayinlanadi yoki maktab bilan birga oʻchirish uchun bizga yoziladi.

Faqat baʼzi maʼlumotni oʻchirish

Joylashuvni koʻrsatishni toʻxtatish uchun oʻquvchi oʻz ilovasida «Qayerdaligimni koʻrsin» tugmasini oʻchiradi. Ekran vaqti, SOS kamerasi va ovozi ham shu joyda oʻchiriladi. Boshqa maʼlumotni oʻchirmoqchi boʻlsangiz, yuqoridagi manzillarga yozing.

Batafsil: Maxfiylik siyosati.