1. Maʼlumotni kim boshqaradi
Xizmat egasi (maʼlumotlar operatori): EduGuard. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta ishlanadi.
- Elektron pochtaeduguarduzteam@gmail.com
- Telegram va telefon+998 95 624 77 88
- Ilovada«Biz bilan aloqa» boʻlimi
2. Qanday maʼlumot yigʻiladi
Ilovada
- Profil: ism-familiya, rol, maktab, sinf, telefon raqami, login, profil rasmi.
- Taʼlim maʼlumotlari: baho, davomat, uy vazifasi, dars jadvali. Ularni maktab va oʻqituvchi kiritadi.
- Joylashuv va harakat tarixi: faqat oʻquvchi ilovada ruxsat bergan boʻlsa.
- Ekran vaqti (qaysi ilovada qancha vaqt oʻtgani): faqat oʻquvchi ruxsat bergan boʻlsa.
- SOS: tugma bosilganda joylashuv. Oʻquvchi ruxsat bergan boʻlsa, old va orqa kameradan suratlar va atrof ovozi ham.
- Yozishmalar: sinf chati va «Biz bilan aloqa» xabarlari. Telegram botiga ulansangiz, Telegram chat raqamingiz.
- Obuna: akkaunt ID va obuna muddati. Bank kartasi maʼlumotlari EduGuard'da saqlanmaydi.
- Texnik maʼlumot: bildirishnoma kaliti, ilova versiyasi, ilova xatolari haqida hisobot.
Saytda (eduguard.uz)
- Cookie ishlatilmaydi.
- Tashriflar anonim hisoblanadi: qaysi sahifa ochilgani, mamlakat va shahar, qurilma turi (telefon yoki kompyuter), qayerdan kelingani. IP manzil va shaxsni aniqlaydigan maʼlumot saqlanmaydi.
- Saytdagi texnik xatolar (sahifa va xato matni) nosozlikni tuzatish uchun yoziladi.
3. Maʼlumot nima uchun ishlatiladi
- Xizmat koʻrsatish: kundalik, jadval, davomat, baholar, chat.
- Xavfsizlik: joylashuvni ota-onaga koʻrsatish va SOS xabarini yetkazish.
- Bildirishnomalar: ilovada va Telegram'da.
- Obunani hisobga olish.
- Xatolarni tuzatish va xizmatni yaxshilash.
Maʼlumot reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
4. Bolaning roziligi
- Joylashuv, ekran vaqti, SOS kamerasi va ovozi faqat oʻquvchi oʻz ilovasida yoqsa ishlaydi. U bu sozlamalarni istalgan payt oʻzgartira oladi.
- Ota-ona bu sozlamalarni masofadan yoqa olmaydi. Kamera va mikrofon faqat SOS bosilganda ishlaydi.
- Voyaga yetmagan oʻquvchi maʼlumoti ota-ona (qonuniy vakil) roziligi va maktab bilan hamkorlikda qayta ishlanadi.
5. Kim nimani koʻradi
| Kim | Nimani koʻradi |
|---|---|
| Ota-ona | Farzandining baho va davomati. Joylashuv, ekran vaqti, SOS surat va ovozi — farzand ruxsati bilan. |
| Sinf rahbari | Baho va davomat. Joylashuv — faqat oʻquvchi ruxsati bilan. |
| Fan oʻqituvchilari | Faqat baho va davomat. |
| Maktab maʼmuriyati | Sinflar, akkauntlar va eʼlonlar. |
| EduGuard jamoasi | Faqat texnik yordam va xavfsizlik uchun zarur hollarda. |
| Boshqa hech kim | Maʼlumot uchinchi shaxslarga berilmaydi va sotilmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). |
6. Xizmat provayderlari
Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalaniladi. Ular maʼlumotni faqat EduGuard nomidan va shu maqsadlar uchun qayta ishlaydi:
- Google Firebase — maʼlumotlar bazasi, kirish (autentifikatsiya), bildirishnomalar, ilova xatolari haqida hisobot.
- Cloudflare — server, sayt va hujumlardan himoya.
- Telegram — agar botga ulansangiz, xabarlar Telegram orqali yetkaziladi.
7. Saqlash muddati
- Profil va taʼlim maʼlumotlari akkaunt faol boʻlgunicha saqlanadi.
- Joylashuv tarixi xizmat uchun zarur muddat saqlanadi.
- Akkaunt oʻchirilganda unga bogʻliq maʼlumotlar oʻchiriladi (qarang: akkauntni oʻchirish).
- Sayt statistikasi faqat umumlashgan raqamlar koʻrinishida saqlanadi va shaxsga bogʻlanmaydi.
8. Sizning huquqlaringiz
Siz oʻzingiz va farzandingiz haqidagi maʼlumotni koʻrish, tuzatish, oʻchirishni soʻrash va rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. Buning uchun yuqoridagi manzillarga yozing yoki maktabingizga murojaat qiling.
9. Xavfsizlik
- Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS).
- Kirish qoidalari: har bir foydalanuvchi faqat oʻziga ruxsat berilgan maʼlumotni koʻradi.
- Server kalitlari faqat serverda saqlanadi, ilova ichida emas.
- Muntazam xavfsizlik tekshiruvlari oʻtkaziladi.
10. Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beriladi.