Qayerda, darsga keldimi, qanday baho oldi
- Jonli joylashuv va xavfsiz hududlar
- Baholar, davomat va dars jadvali
- SOS va Telegram xabarlari
Ota-ona · Oʻquvchi · Oʻqituvchi
EduGuard — maktab va oila uchun ilova: bola xavfsizligi, elektron kundalik va oʻqituvchi bilan aloqa bitta joyda.
Mahsulot
Har kim oʻziga keraklisini oladi: ota-ona xotirjamlik, oʻquvchi tartib, oʻqituvchi vaqt.
Muammo
Darsga keldimi?
Bugun qanday baho oldi?
Hozir qayerda?
Darsdan keyin qayerga ketdi?
Favqulodda vaziyat yuz bersa nima boʻladi?
Namuna: bir kun davomida keladigan xabarlar.
EduGuard bularni bitta platformaga birlashtiradi.
Ekotizim
Maʼlumot kerakli odamga kerakli paytda yetadi. Faqat unga.
EduGuardOta-onalar uchun
Eng kerakli narsa bosh sahifada, tafsilot bir bosishda.
Bola xavfsizligi
Joylashuv, xavfsiz hududlar va SOS. Tinch kunda sezilmaydi, kerak paytda darhol ishlaydi.

Bugungi yoʻl
Namuna xarita: Toshkent, OpenStreetMap maʼlumoti. Hududlarni ota-ona oʻzi nomlaydi: uy, maktab, toʻgarak, bobo va buvisining uyi.
Farzandingiz qayerda ekani xaritada koʻrinadi, agar u ruxsat bergan boʻlsa.
Uy, maktab, toʻgarak. Hududga kirsa yoki chiqsa, xabar keladi.
Bir tugma: signal va joylashuv darhol ota-onaga yetadi.
Bugun qayerlarda boʻlgani va qachon yetib borgani.
Batareya foizi bosh sahifada doim koʻrinib turadi.
Maʼlumot qachon kelgani aniq yoziladi.
SOS namoyishi
Farzandingiz tugmani bosadi va tasdiqlaydi. Joylashuv, ovoz va suratlar sizga yetib boradi: ilovada va Telegramʼda.
Namoyish: ekranlar ilovadan olingan, hech kimga xabar ketmaydi.
Yangi qurilma
Tez oradaFarzandingiz telefon ishlatmaydimi? SIM-kartali GPS-soat — SOS tugmasi, joylashuv va xavfsiz hududlar ota-ona ilovasida.
Yoki ota-ona ilovasida «Qiziqaman» tugmasini bosing — soat chiqqanda birinchilardan boʻlib xabar beramiz.
Narx va sotuvga chiqish sanasi keyinroq eʼlon qilinadi. Rasmlar namuna sifatida berilgan — sotuvdagi soat koʻrinishi farq qilishi mumkin.
Bola soat yonidagi tugmani bosadi — telefoningizda ilovadagi SOS kabi baland signal chalinadi, Telegramʼga ham xabar keladi.
Farzandingiz qayerdaligini ota-ona ilovasida, telefondagi kabi oʻsha xaritada koʻrasiz.
Uy, maktab, toʻgarak: farzandingiz yetib kelsa yoki chiqib ketsa, xabar keladi.
Bola soatdan sizga qoʻngʻiroq qila oladi.
Soatning oʻz SIM-kartasi bor — bolaga telefon kerak emas.
Soatni ota-ona ilovasida farzandingizga bogʻlaysiz.
Taʼlim nazorati
Baho, davomat va uy vazifasi oʻqituvchi kiritishi bilan sizda. AI haftalik tahlil esa hammasini bir xulosaga jamlaydi.

Informatika va Matematikada natija yuqori. Tarixdan ikki baho 4 dan past, mavzuni birga takrorlash foydali. Davomat yaxshi: bitta kechikish.
Tarix va Geografiyada oʻrtacha baho 4,3 dan past. Uchala kechikish ham birinchi darsga toʻgʻri kelgan.
Chorak davomida baho barqaror oʻsdi. Tarixdan toʻrtta uy vazifasi topshirilmagan. Oʻqituvchi bilan gaplashib olish foydali.
Namuna maʼlumotlar. Ilovada raqamlar oʻqituvchi kiritgan baho va davomatdan olinadi.
Oʻqituvchilar uchun
Davomat, baholar va ota-onalar bilan aloqa telefonda. Sinflar, akkauntlar va eʼlonlar maktab panelida.

Roʻyxatda har oʻquvchi bir bosishda. «Hammasi keldi» uchun bitta tugma.
Kundalikda dars boʻyicha baho va uy vazifasi.
Eʼlon, sinf chati va video konferensiya.
Jadval, baholar va davomat PDF yoki Excel faylida.
Oʻrtacha baho, davomat foizi va har bir oʻquvchi natijasi.
Brauzerdan: sinflar, akkauntlar va eʼlonlar.
AI yordamchi
Fan, sinf va mavzuni tanlang, AI esa dars rejasi, test yoki tarqatma materialni tayyorlab beradi. Yakuniy qaror har doim oʻqituvchida.
Mavzu: bir xil maxrajli kasrlarni qoʻshish.
Maqsad: oʻquvchi bir xil maxrajli kasrlarni qoʻshadi va natijani qisqartiradi.
Maxrajlar qoʻshilmaydi: 4/5 + 3/5 = 7/5 = 1 2/5
1. 3/10 + 4/10 = ?
2. Qaysi kasr 1 ga teng?
3. 5/12 + … = 11/12
Yana 7 ta savol
1/5 + 2/5 · 3/9 + 4/9 · 2/11 + 7/11
Alisher kitobning 2/7 qismini dushanba, 3/7 qismini seshanba oʻqidi. Ikki kunda kitobning qancha qismini oʻqidi?
Maxraji 8 boʻlgan ikkita kasr yozing, yigʻindisi 1 ga teng boʻlsin. Nechta shunday juftlik bor?
Baholash: 5: hammasi toʻgʻri · 4: bitta xato · 3: ikkita xato
Maxrajlar bir xil boʻlsa, suratlar qoʻshiladi, maxraj oʻzgarmaydi.
a/c + b/c = (a + b)/c2/5 + 1/5 = 3/5 · 4/9 + 5/9 = 9/9 = 1
1/8 + 3/8 = … · 5/12 + 4/12 = … · 7/10 + 3/10 = …
Ilova ichida
Quyidagilar EduGuard ilovasining haqiqiy skrinshotlari.










Yangi imkoniyatlar
Ota-onalar, oʻquvchilar, oʻqituvchilar va maktab uchun. Hammasi EduGuard ilovasida.
Farzandingiz hozir darsdami yoki tanaffusdami, bosh sahifada koʻrinadi. Darsda boʻlsa, tanaffusda eslatib qoʻyamiz.
Boshlangʻich sinflarda farzandingizni kimlar olib keta olishini belgilaysiz. Oʻqituvchi topshirgach, sizga xabar keladi.
Ilova maktabdan uyga odatiy yoʻlni oʻrganadi. Farzandingiz kechiksa yoki yoʻldan chetga chiqsa, bitta aniq xabar keladi. Darssiz kunlarda jim.
Ilovangiz kirillda boʻlsa, chatdagi lotincha xabarlar ham kirillda koʻrinadi. Va aksincha.
Farzandingizni ulashda qaysi maʼlumotga rozilik berishni oʻzingiz tanlaysiz: joylashuv, ekran vaqti, SOS surati va ovozi, AI repetitor. Sozlamalarda istalgan payt oʻzgartirasiz yoki qaytarib olasiz.
@Edu_GuardBot ga «/app» deb yozing: farzandingiz bugun maktabdami, baholari va dars jadvali — Telegramʼning oʻzida.
Ertangi darslarga nima olib borish kerak: darslik, sport formasi va oʻqituvchi aytgan narsalar. Kechqurun eslatadi.
Har fandan chorak bahosi qanday chiqayotgani va yuqoriroq baho uchun yana nechta «5» kerakligi. Ota-ona ham koʻradi.
Sinf, parallel va maktab boʻyicha haftalik va chorak reytingi: baho, davomat va yulduzchalardan. Boshqa oʻquvchilarning ismi koʻrinmaydi — faqat taxallus.
Viktorina va shashka boʻyicha tengdoshlar bilan onlayn bellashuv, shashkada kompyuterga qarshi mashq ham bor. Har hafta chempionat va pley-off. Raqiblar faqat taxallus bilan koʻrinadi, dars paytida yopiq.
«Alisher besh, Bobur kelmadi» deysiz: baho va davomat jadvalga tushadi, saqlashdan oldin tekshirasiz. Qogʻoz jurnal suratidan ham oʻqiydi.
Dars mavzusini yozasiz, AI uchta savol taklif qiladi. Tahrirlab, oʻquvchilarga yuborasiz va sinf mavzuni qanchalik tushunganini koʻrasiz.
Ish vaqtingizni belgilaysiz: undan tashqari xabarlar ertalab bitta bildirishnoma boʻlib keladi. Ota-ona haftasiga 2 tagacha shoshilinch xabar yubora oladi.
AI tayyorlagan test, dars rejasi yoki nazorat ishini PDF, Word yoki Excel fayl qilib olasiz: chop etish, tahrirlash yoki hamkasbga yuborish uchun.
Zilzila yoki yongʻinda oʻqituvchilar har bir oʻquvchini «Xavfsiz» roʻyxatida belgilaydi, ota-onasiga xabar boradi. Mashq rejimi ham bor.
Oʻquvchi ismini koʻrsatmasdan yozishi mumkin. Murojaatni faqat direktor va maktab psixologi oʻqiydi.
Oʻqituvchi vazifa berayotganda sinfda shu kuni boshqa fanlardan qancha vazifa borligini koʻradi, direktor esa sinflar boʻyicha haftalik jadvalni.
eMaktabʼdan yuklab olingan baho, davomat va dars jadvali faylini maktab paneliga yuklaysiz yoki Telegram botga yuborasiz — maʼlumot ikki marta kiritilmaydi. Oʻqituvchi EduGuardʼda qoʻygan yozuvga tegilmaydi.
Xizmatlar har 5 daqiqada tekshiriladi, natija holat sahifasida. Maktablar bilan shartnomada oylik ishlash maqsadi — 99,5 %.
Parolni har safar yozish shart emas. Login va parol faqat shu telefonning himoyalangan xotirasida saqlanadi.
Sozlamalar → «Hisobni oʻchirish». Oʻquvchi akkaunti uchun avval ota-ona tasdiqlaydi. Nima oʻchiriladi
«Obuna bilan» deb belgilanganidan tashqari, barcha yangi imkoniyatlar bepul.
Qanday ishlaydi
EduGuard ilovasini oʻrnating va rolingizni tanlang. Oʻquvchi arizasini sinf rahbari tasdiqlaydi.
Farzandingiz ilovasidagi QR kodni skanerlang. Kalit 5 daqiqa amal qiladi va bir marta ishlaydi.
Hududlarni belgilang, Telegramʼni ulang. Nimani koʻrsatishni farzandingiz oʻzi tanlaydi.
Maktabga yetib kelgani, yangi baho, SOS: har biri oʻz vaqtida keladi.
Xavfsizlik va maxfiylik
Ota-ona buni ilovada ham tekshiradi: «Farzandimni kim koʻradi?» sahifasida xuddi shu qoidalar.
| Kim | Joylashuv | Ekran vaqti | SOS surat va ovozi | Baholar va davomat |
|---|---|---|---|---|
| Ota-ona | Bola ruxsati bilan | Bola ruxsati bilan | Bola ruxsati bilan | Ha |
| Sinf rahbari | Bola ruxsati bilan | Yoʻq | Yoʻq | Ha |
| Fan oʻqituvchilari | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Ha |
| Boshqa hech kim | EduGuard maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaydi va sotmaydi. | |||

Joylashuv, ekran vaqti va SOS kamerasini faqat oʻquvchi yoqadi. Istalgan payt oʻzgartiradi.
Kamera va mikrofon boshqa paytda ishlamaydi. Ota-ona ularni masofadan yoqa olmaydi.
Maʼlumotlar hech kimga sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Maktabga aytsangiz, akkaunt va barcha maʼlumotlar oʻchiriladi.
Narx
Barcha imkoniyatlar 3 kun bepul. Keyin obuna boʻlasiz va istalgan vaqtda bekor qila olasiz.
Har oy toʻlanadi
Boshlash3 kun bepul sinov · Toʻlov: Payme, Click yoki Paynet
Savollar
Javob topilmasa, Telegramʼda yozing. Odam javob beradi.
Maktab va oila uchun ilova. Ota-ona farzandining joylashuvi, baholari va davomatini koʻradi. Oʻquvchi jadval va kundalikni koʻradi, oʻqituvchi esa davomat, baholar va AI yordamchi bilan ishlaydi. Hammasi bitta platformada.
Ota-onalar, oʻquvchilar va oʻqituvchilar, har biri oʻz ilovasi bilan. Maktab rahbariyati uchun veb-panel bor: sinflar, akkauntlar va eʼlonlar.
Bosh sahifadagi xaritada. Joylashuvni farzandingizning oʻzi yoqadi: uning ilovasida «Qayerdaligimni koʻrsin» tugmasi bor. Bu bolaning roziligi: uni maktab ham, biz ham oʻzgartira olmaymiz.
Telefon oʻchib yonsa, kuzatuv oʻzi qayta ishga tushadi.
Farzandingiz SOS tugmasini bosadi va tasdiqlaydi. Telefoningizga baland ovozli xabar keladi, xaritada joylashuv ochiladi, xabar Telegramʼga ham yuboriladi. Farzand ruxsat bergan boʻlsa, old va orqa kameradan suratlar hamda atrof ovozi ham yetib boradi.
Xaritada siz belgilagan joy: uy, maktab, toʻgarak yoki bobo va buvisining uyi. Farzandingiz hududga kirsa yoki undan chiqsa, sizga xabar keladi.
Davomat va baholarni telefonda kiritadi, ota-onalarga eʼlon yuboradi, sinf chatida yozishadi. Jadval, baholar va davomatni PDF yoki Excelʼda yuklab oladi. AI yordamchi dars rejasi, test va uy vazifasini tayyorlashga yordam beradi.
Oʻqituvchi uchun dars rejasi, test, uy vazifasi, nazorat ishi, tarqatma material, taqdimot rejasi va savollar tayyorlaydi. Uy vazifasini rasmdan tekshirib, xatolarni koʻrsatadi. Bahoni esa oʻqituvchi qoʻyadi.
Ota-onaga AI haftalik tahlil yuboradi: baholar, davomat va voqealar bitta qisqa xulosada.
Nimani ulashishni farzandingiz oʻzi tanlaydi va istalgan payt oʻzgartiradi. Ota-ona esa ulashda qaysi maʼlumotga rozilik berishini belgilaydi va uni Sozlamalarda qaytarib olishi mumkin. Kamera va mikrofon faqat SOS bosilganda ishlaydi.
Maʼlumotlar reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Akkauntni ilovaning oʻzida oʻchirasiz: Sozlamalar → «Hisobni oʻchirish» (tartibi).
Kundalik, baholar, dars jadvali, davomat hamda SOS signali va joylashuv doim bepul. Barcha imkoniyatlar 3 kun bepul, keyin birinchi farzand uchun 15 000 soʻm/oy, ikkinchisi uchun 10 000 soʻm/oy, uchinchi va toʻrtinchi farzand uchun bepul.
Maktab homiylik qilsa, oilalar uchun ancha arzon tushadi: maktab bilan shartnoma tuziladi, shartlar maktab hajmiga qarab kelishiladi.
Obuna oʻzidan oʻzi yechilmaydi. Toʻlov Payme yoki Click orqali: toʻlov sahifasi.
Yoʻq. Kundalik, baholar, davomat, dars jadvali va reyting ota-ona va oʻquvchi uchun doim bepul — obunasiz ham. Obuna SOSʼda surat va ovozni, doimiy jonli joylashuvni, harakat xabarlarini va AI haftalik tahlilni ochadi.
Har kecha baho, davomat va oʻqituvchi bergan yulduzchalardan: sinf, parallel va maktab boʻyicha, haftalik va chorak. Reytingga kirish uchun bir nechta baho kerak, shuning uchun bitta «5» bilan birinchi oʻringa chiqib boʻlmaydi.
Oʻquvchi va ota-ona boshqalarni faqat taxallus bilan koʻradi, ismlarni faqat oʻqituvchi va direktor koʻradi. Reyting bepul.
Yoʻq. Direktor yoki sinf rahbari eMaktabʼdan yuklab olingan Excel faylni maktab paneliga yuklaydi yoki @Edu_GuardBot Telegram botiga yuboradi: baho, davomat va dars jadvali EduGuardʼga oʻtadi. Saqlashdan oldin koʻrib chiqiladi, Telegramʼda — mini ilovada. eMaktab login va paroli soʻralmaydi. Fayl qayta yuklansa takror yozuv paydo boʻlmaydi, oʻqituvchi EduGuardʼda qoʻygan yozuvga tegilmaydi.
Ha. Ilovada Telegramʼni ulang, soʻng @Edu_GuardBot ga «/app» deb yozing. Ota-ona farzandining bugungi holati, baholari va dars jadvalini, oʻqituvchi bugungi darslari va davomatni Telegramʼning oʻzida koʻradi.
Xizmatlar har 5 daqiqada avtomatik tekshiriladi va holati ochiq sahifada koʻrinadi. Maktablar bilan shartnomaga xizmat darajasi kelishuvi (SLA) ilova qilinadi: oylik ishlash maqsadi 99,5 %, kritik muammoga (masalan, SOS yetib bormasa) 30 daqiqada javob, kecha-kunduz.
EduGuard favqulodda xizmatlar oʻrnini bosmaydi: xavf boʻlsa, darhol 112 ga qoʻngʻiroq qiling.
Uch yoʻl bor: farzandingiz ilovasidagi QR kodni skanerlaysiz, maktab bergan kartadagi kodni kiritasiz yoki ilovadan soʻrov yuborasiz. Soʻrovni sinf rahbari koʻrib chiqadi. QR kalit 5 daqiqa amal qiladi va bir marta ishlaydi.
Batafsil: ota-onalar uchun.
Yoʻq. Joylashuv, ekran vaqti va SOS kamerasi faqat farzandingiz oʻz ilovasida yoqsa ishlaydi. Unga kimlar ulangani ham oʻquvchi ilovasida koʻrinib turadi. EduGuard yashirin kuzatuv uchun emas.
Maʼlumotlar bazasi Google Firebase serverlarida, Yevropada: Belgiya va Niderlandiyada. Kirish va telefon raqami AQShda saqlanadi. Barcha ulanishlar shifrlangan, maʼlumot sotilmaydi. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Ilova Google Play va App Storeʼga chiqarilmoqda. Hozircha oʻrnatishda Telegram orqali yordam beramiz. Ota-ona va oʻqituvchi brauzerdan ham kira oladi: app.eduguard.uz.
Bizga Telegramʼda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling: maktab panelini koʻrsatamiz, roʻyxatlarni yuklash va kartalarni chop etishda yordam beramiz. Batafsil: maktablar uchun.
Ilovani oʻrnatish va ulashda yordam beramiz. Ota-onaga ham, maktabga ham.
Telegramʼda yozish